Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Norvegiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

14:30 02 Dekabr 2022 Siyosat
576 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Anniken Xutfeldt bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar idoralari rahbarlari Oʻzbekiston-Norvegiya kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Siyosiy muloqotni yanada mustahkamlashdan oʻzaro manfaatdorlik tasdiqlandi. Shu nuqtayi nazardan, turli daraja va formatlarda oʻzaro tashriflarni tashkil etish, TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish muhimligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirish, parlamentlar aloqalarini chuqurlashtirish, ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi ayrim masalalar, xususan, Afgʻonistondagi bugungi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер