O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi
Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda:
➖ Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatovni,
➖ Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyevni,
➖ “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudovani,
➖ Ekologik partiyadan Abdushukur Xamzayevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Saylovoldi tashviqotlar 7 iyundan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring