O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni qirg’iz tiliga tarjima qilindi

10:35 13 Mart 2018 Siyosat
4591 0

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining to’liq matni Bishkek shahrida qirg’iz tilida kitob shaklida chop etildi.


Uning taqdimoti yaqinda O’zbekiston Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligiga bag’ishlangan “Qirg’iziston — O’zbekiston hamkorligi rivojlanishining yangi ufqlari” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferentsiya doirasida bo’lib o’tdi, deb yozadi “Jahon” AA.

Konferentsiyada Qirg’iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Dinara Kemelova boshchiligidagi TIV vakillari, Favqulodda va muxtor elchilar, TIV diplomatik akademiyasi, Strategik tadqiqotlar milliy instituti, “Manas” qirg’iz-turk universiteti, Qirg’iziston milliy universiteti, Qirg’iziston davlat universiteti, Qirg’iziston xalqaro universiteti rahbarlari hamda professor-o’qituvchilar qatnashdi.

Tadbirda videokonferentsaloqa orqali O’sh davlat universiteti rahbariyati, o’qituvchilari va xalqaro aloqalar fakulteti talabalari ham faol ishtirok etdi.

Konferentsiyada so’zga chiqqan Diplomatik akademiya professori, elchi Irina Orolbaevaning aytishicha, O’zbekiston Prezidenti Murojaatnomasining matni qirg’iz tilida chop qilinishi Qirg’iziston jamoatchiligiga qo’shni mamlakatning muhim siyosiy hujjatini o’z ona tilida o’rganish imkonini beradi.

— Murojaatnomani diqqat bilan o’rganib, men Qirg’iziston va O’zbekistonda rivojlanish uchun bir yo’l mavjud degan xulosaga keldim, — dedi elchi M. Orolbaeva. — Shavkat Mirziyoevning ko’plab takliflari Qirg’iziston uchun ham juda dolzarb. Kitobni qiziqib, maroq bilan o’qib chiqdim.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер