Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus vakili Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi

13:26 07 Iyul 2022 Siyosat
876 0

Amaliy tashrif bilan AQSHda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus vakili Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2022-yilning 6-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik hamda barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Bosh kotib Oʻzbekistonning 2022-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. Mazkur forumda BMTdan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etadi.

A.Guterrish Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarni katta qiziqish bilan tingladi.

Tomonlar oʻzaro hamkorlik kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер