Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiyaga joʻnab ketdi

17:06 15 Mart 2023 Siyosat
1062 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Anqara shahriga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam koʻrsatish borasida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер