Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Parijga joʻnab ketdi

10:46 21 Noyabr 2022 Siyosat
702 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yigʻinida uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ustuvor sohalarda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Davlatimiz rahbari Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv oʻtkazadi.

Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” va “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin moʻjizalari” koʻrgazmalari bilan tanishish moʻljallangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер