Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Pokistonga boradi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-4-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.
Eng avvalo, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlik boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida qoʻshma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pokiston Prezidenti Orif Alviy, ushbu mamlakat idoralari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashishi ham koʻzda tutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring