Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Oybek Aʼzamjonovich Barakabayev va Doniyorjon Muxamatjonovich Tojiboyevni oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimlaridan ozod etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring