Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligini taʼminlash sohasiga doir qonun hujjatlari takomillashtiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.
Mazkur kiritilayotgan oʻzgartishlar aholining turmush farovonligini oshirish, fuqarolarga qulaylik yaratish borasida infratuzilma obyektlarini qurish, taʼmirlashga xizmat qiladi.
Yalpi majlisda qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Shuningdek, ayni paytda majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligini taʼminlash sohasiga doir qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasining qabul qilinishi orqali fuqarolarning ortiqcha pul mablagʻlari sarflashlariga, ularning ovoragarchiliklariga chek qoʻyiladi. Qolaversa, Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida davlat byudjetidan ajratilayotgan pul mablagʻlarining maqsadli sarflanishiga erishiladi.
Majlisda qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring