Oʻzbekiston–Qirgʻiziston–Xitoy temir yoʻli qurilishi boshlanadi
Bugun Samarqandda Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning tegishli idoralari oʻrtasida «Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston» temir yoʻli qurilishi loyihasi (Qirgʻiziston hududidagi uchastka) boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi.
Temir yoʻl qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelajakda esa Transafgʻon temir yoʻli orqali Pokiston portlari bilan bogʻlashi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring