O‘zbekiston qaysi davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan?
Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 345,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 59,3 mln. AQSH dollariga kam.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federasiyasi (314,7 mln.), Xitoy (10,8 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Belorus (2,8 mln.), Italiya (2,3 mln) va 1,9 mln. AQSH dollari bilan Ukraina hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 46 ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring