Oʻzbekiston Prezidentining Germaniyaga tashrifi yakuniga yetdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi.
Berlinda davlatimiz rahbari GFR Kansleri Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Germaniya Prezidentlari birgalikda Jeyms Simon galereyasiga tashrif buyurib, “Oʻzbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob koʻrgazmani ochdilar.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, taʼlim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, “Berlin-Brandenburg” aeroportida oliy martabali mehmonni Germaniyaning rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring