Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi boshlandi

18:32 21 Noyabr 2022 Siyosat
1094 0

Foto: president.uz

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 21-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Parijga keldi.

“Parij-Orli” aeroportida davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakatimiz yetakchisini Fransiya madaniyat vaziri Rima Abdul-Malak va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun davlatimiz rahbari yetakchi kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 22-noyabr kuniga moʻljallangan.

Ushbu mamlakat Parlamentining quyi palatasi – Milliy yigʻin raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emmanuel Makron muzokara oʻtkazadilar.

Davlat rahbarlari Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga birgalikda tashrif buyurib, xalqimiz madaniy merosiga bagʻishlangan, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar muzeylarining eng noyob eksponatlaridan iborat yirik koʻrgazmalar bilan tanishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер