Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Doha shahridagi “Amiri Devon” majmuasida davlat tashrifi bilan Qatarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkest ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Marosimdan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring