Oʻzbekiston Prezidenti Vetnam bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni tubdan kengaytirish lozimligini taʼkidladi

17:57 13 Oktyabr 2022 Siyosat
1751 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida Vetnam delegatsiyasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Vetnam Prezidenti Nguyen Suan Fukning samimiy salomini yetkazdi.

Muzokaralar chogʻida sholichilik, paxtachilik, goʻsht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo va toʻqimachilik mahsulotlarini, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va elektronika ishlab chiqarish kabi istiqbolli yoʻnalishlarda hamkorlik qilish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish maqsadida yaqin oylarda ekspertlar darajasida oʻzaro tashriflar oʻtkazilishi, Hukumatlararo komissiya faoliyati qayta tiklanishi hamda Oʻzbekiston-Vetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi yuzasidan kelishib olindi.

Parlamentlararo munosabatlarni yoʻlga qoʻyish, taʼlimga oid va boshqa qoʻshma gumanitar dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер