Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

18:54 27 Aprel 2023 Siyosat
836 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Xalqaro investitsiya forumi doirasida Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nadni qabul qildi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Tadbirkorlar va hududlar darajasidagi kooperatsiyani tubdan kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yaqin oylarda toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish, chuqurlashgan sanoat kooperatsiyasi uchun moʻljallangan tuzilma shartlarini tez fursatda kelishish va faoliyatini boshlash muhim ekani taʼkidlandi.

Qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, transport va kommunikatsiyalar, samarali moliyaviy vositalarni yaratish borasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish ishlarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер