Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya bilan ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdi

22:16 20 Avgust 2023 Siyosat
1129 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni Budapesht shahriga tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Vengriya ishbilarmonlari bilan hamkorlikdagi birinchi yirik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgani – “OTP” banki Oʻzbekiston bozoriga kirganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

“Ipoteka bank”ni xususiylashtirish boʻyicha bitim muvaffaqiyatli amalga oshirilgani xorijiy investorlarga muhim ishora boʻlgani va ularning mamlakatimizga qiziqishini oshirgani qayd etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bank-moliya sohasini rivojlantirish, shu jumladan xizmatlar sifatini oshirish, eng avvalo, biznes uchun innovatsion va arzon mahsulotlarni joriy etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor tarmoqlardagi qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surishning samarali moliyaviy vositalarini tez fursatda ishga tushirish muhimligi taʼkidlandiBank rahbari Shandor Chani Vengriya kompaniyalari oʻz investitsiyaviy faoliyatini kengaytirishiga yaratilgan qulay sharoitlar uchun Oʻzbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер