Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga joʻnab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Anqara shahrida Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishini oʻtkazadilar.
Tashrif dasturida ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qoʻshma uchrashuvda ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring