Oʻzbekiston Prezidenti turkiy davlatlar hamkorligining ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatdi — Fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi. Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi.
Kuni kecha davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev hamrohligida Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi, unda Prezidentimiz hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatdi va muhim takliflar bilan chiqdi.
Shuningdek, sammit doirasida Oʻzbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbirni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring