Oʻzbekiston Prezidenti Tatariston Raisi bilan muzokara oʻtkazdi

20:22 05 Oktyabr 2023 Siyosat
878 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Qozon shahrida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari keyingi yillarda oʻzaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Savdo va investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda, Jizzax viloyatida texnopark qurilishi davom etmoqda.

Kimyo tarmogʻi va mashinasozlikda yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jizzax shahrida Qozon federal universitetining filiali ishlamoqda.

Kuni kecha Qozon shahrida oʻtgan uchinchi Oʻzbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumining yakunlari, jumladan, Oʻzbekiston hududlarida Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan yangi sanoat parklarini tashkil etish boʻyicha erishilgan kelishuvlar qayd etildi.

Metallarga ishlov berish, axborot-kommunikatsiya, uy-joy kommunal soahalarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, taʼlim, turizm va yoshlarga oid siyosatda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhim yoʻnalishlar boʻyicha amaliy sheriklik loyihalarini qoʻshma “yoʻl xarita”lari asosida ilgari surishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер