Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

21:11 25 Aprel 2022 Siyosat
1317 0

Foto: president.uz

25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasida ishtirok etish uchun Rossiya delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish va yangi mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari kooperatsiyasi uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi.

Mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu munosabat bilan shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan sanoat koʻrgazmasi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер