Oʻzbekiston Prezidenti Qoʻshilmaslik sammiti doirasida qator uchrashuvlar oʻtkazdi
Foto: president.uz
Qoʻshilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasi yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan suhbatda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Ras-al-Hayma amirligi amiri, BAA Oliy kengashi aʼzosi shayx Saqr Al-Qosimiy bilan yetakchi kompaniyalarni yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga jalb qilish masalalari koʻrib chiqildi.
BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi bilan yetakchi xalqaro tashkilotning joriy yil sentyabr oyida oʻtadigan yalpi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili YUNVTO Bosh assambleyasining joriy yil 16-20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtadigan navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.
Turim sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturni amalga oshirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring