Oʻzbekiston Prezidenti Qatarning sobiq Bosh vaziri, yirik investitsiya xoldingi asoschisini qabul qildi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni Doha shahrida oʻziga ajratilgan qarorgohda Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi.
Oʻzbekiston va Qatarning yetakchi kompaniya va korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Energetika, sanoat, infratuzilma, turizm, bank-moliya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
Davlatimiz rahbari ekspertlar guruhini shakllantirish va “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish orqali qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring