Oʻzbekiston Prezidenti Qatarga joʻnab ketdi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1-oktyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Doha shahrida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.
Davlatimiz rahbari “EKSPO Doha – 2023” xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimida ishtirok etishi ham koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring