Oʻzbekiston Prezidenti Pekinga joʻnab ketdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Samarqand shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni kechasi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pekin shahrida “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Shuningdek, XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring