Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 5-iyul kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Davlat rahbarlari kengashining “Transport oʻzaro bogʻliqligi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish” mavzusida boʻlib oʻtadigan navbatdan tashqari yigʻilishi kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida, shuningdek, "yashil” iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energetika, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish borasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring