Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan sheriklikning asosiy yoʻnalishlarini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Lisyunni qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal surʼatda rivojlanayotgani – investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda kambagʻallikka qarshi kurashish va aholi turmush darajasini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi dasturlarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yangi Sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidl
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring