O‘zbekiston Prezidenti “Meridiame” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Meridiame” kompaniyasi raisi Tyerri Do bilan uchrashdi.
Kompaniya Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrikada infratuzilma sohasida investisiya loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. O‘n bitta mamlakatda ofislariga ega. Aktivlari – 18 milliard yevro.
Uchrashuvda kompaniyaning “Yangi Toshkent”ni barpo etish doirasida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring