Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan uchrashdi
Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi.
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi oʻz sohasida jahonning ilgʻor kompaniyasi boʻlib, “Fortune Global 500” reytingida yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda. Neft va gaz qazib olish boʻyicha yirik loyihalarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda amalga oshirish borasida katta tajribaga ega.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda yerosti gaz saqlash sigʻimlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burgʻilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmogʻi uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring