Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

11:02 24 Yanvar 2024 Siyosat
384 0

Davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yoʻlida qurbon boʻlganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi.

1949-yil 1-oktyabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani eʼlon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning oʻrtalarida bunyod etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер