Oʻzbekiston Prezidenti Italiyaga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi.
Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida Oʻzbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy voqealari ertaga, 8-iyun kuni boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring