O‘zbekiston Prezidenti "Gulf Care General Trading" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda "Gulf Care General Trading" kompaniyasi rahbari doktor Iyad as-Solihni qabul qildi.
2001-yilda tashkil etilgan kompaniya Ko‘rfaz mintaqasida tibbiy uskunalarning eng yirik yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lib, Kuvaytdagi xususiy tibbiyot muassasalarining keng tarmog‘i egasidir.
Mamlakatimiz yetakchisi kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi sheriklik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Kompaniyaning mamlakatimiz hududlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring