Oʻzbekiston Prezidenti “Global Janub ovozi” sammitida ishtirok etadi

22:28 11 Yanvar 2023 Siyosat
1442 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12-yanvar kuni “Global Janub ovozi” sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi.

Hindiston raisligida onlayn shaklda oʻtkaziladigan tadbirda Bangladesh, Vetnam, Kambodja, Moʻgʻuliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ham qatnashadi. Jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari taklif qilingan.

Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi doirasida oʻtkazilayotgan sammitning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari surish va dolzarb muammolarini hal etish yoʻlida, shu jumladan iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash, inson resurslarini rivojlantirish, innovatsiyalar, turizm va boshqa yoʻnalishlardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashish va aniq takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер