Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Yevropaning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda “Suez” kompaniyasi raisi va bosh direktori Sabrina Sussan, “Arsenale Group” kompaniyasi bosh direktori Paolo Barletta, “Airbus” korporatsiyasining Yevropa boʻyicha prezidenti Yoxan Pelisye hamda “Linde” kompaniyasining Yevropa va Yaqin Sharq boʻyicha prezidenti Oliver Pfann qatnashdi.
Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Yevropa biznesining Oʻzbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Investitsiyaviy va innovatsiyaviy sheriklik, suv taʼminoti, fuqarolik aviatsiyasi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yevropa kompaniyalari rahbarlari Oʻzbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda investorlarning samarali faoliyati uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdi. Ustuvor tarmoqlardagi muhim loyiha va dasturlarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring