Oʻzbekiston Prezidenti YXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

01:07 21 Aprel 2023 Siyosat
1109 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan 20-aprel kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari YXHT bilan sermahsul aloqalar, ochiq va konstruktiv muloqot yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonga YXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau, tashkilot bosh kotibi Xelga Shmid, Milliy ozchiliklar masalalari boʻyicha Oliy komissar Qayrat Abdurahmonov tashrif buyurganini taʼkidlash joiz.

Byuro ekspertlari mamlakatimiz milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

DIIHBning 2016, 2019 va 2021-yillarda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan umumxalq saylovlaridagi keng koʻlamli missiyalari yakunida berilgan tavsiyalar hisobga olingan va joriy qilingan.

Uchrashuv davomida referendumni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Missiya rahbari Albert Yonsson mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida oʻz aksini topgan Yangi Oʻzbekistondagi demokratik yangilanishlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер