Oʻzbekiston Prezidenti Dushanbega joʻnab ketdi

10:56 14 Sentyabr 2023 Siyosat
444 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlarining yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер