Oʻzbekiston Prezidenti CITIC korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

13:46 24 Yanvar 2024 Siyosat
358 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoyning CITIC korporatsiyasi rahbari Si Goxua bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Xitoy mulkni boshqarish boʻyicha xalqaro investitsiya korporatsiyasi moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi hamda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi kompaniyadir. Uning aktivlari qariyb 1,5 trillion dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda qoʻshma loyihalar portfelini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi, bunda asosiy eʼtibor mamlakatimiz yoʻl-transport va muhandislik infratuzilmasiga, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер