Oʻzbekiston Prezidenti BMT institutlari bilan sheriklik kengayib borayotganini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) Ijrochi kotibi Olga Algayerovani qabul qildi.
Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlariga tezkor erishish borasida BMT institutlari, shu jumladan YEIK bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun maxsus dastur doirasida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi hamda “Yashil makon” dasturini, yuk tashishlarni raqamlashtirish va toʻqimachilik sanoati loyihalarini amalga oshirish masalalarida almashinuvlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Suhbatda BMT YEIK bilan ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring