Oʻzbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish ahamiyatini qayd etdi

18:26 27 Aprel 2023 Siyosat
893 0

Toshkent forumi dorasidagi navbatdagi uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi bilan oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiyni qabul qildi.

Oʻzbekiston-BAA koʻp qirrali hamkorligi doirasidagi loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Muzokaralar avvalida vazir al-Mazruiy davlatimiz rahbariga Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayon va Vitse-prezident, Bosh vazir, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning salomini yetkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlar rivojining bugungi yuqori surʼati katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar oshdi, 50 ta yangi korxona tashkil etildi, investitsiya loyihalari portfeli 3 milliard dollardan ortdi. Qoʻshma investitsiya kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni aniq mazmun bilan boyitish maqsadida Oʻzbekiston yetakchisi “yashil” iqtisodiyot, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish muhimligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер