Oʻzbekiston Prezidenti AQSH Prezidentini tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, 1776-yil 4-iyulda AQSHda mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan va davlat Buyuk Britaniya qirolligiga mustamlakasidan ozod boʻlgan. Shundan buyon 4-iyul AQSHda mustaqillik kuni sifatida bayram qilib kelinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring