Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda boʻladi

09:49 05 Iyul 2024 Siyosat
383 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 5-6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Davlatimiz rahbari Shusha shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining “Transport oʻzaro bogʻliqligi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Sammit davomida koʻp tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida, shuningdek, “yashil” iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energetika, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish yoʻnalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqadilar.

Tadbir yakunida qator qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер