Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga keldi

23:18 28 Sentyabr 2023 Siyosat
943 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentabr kuni tashrif bilan Berlin shahriga keldi.

“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal oʻlkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpringer va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga, 29-sentabr kuni Oʻzbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham oʻrin olgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер