Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi BRICSning X parlament forumida ishtirok etdi

10:05 14 Iyul 2024 Siyosat
607 0

Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan BRICSning X parlament forumining “Gumanitar va madaniy sohalarda parlamentlararo hamkorlik” mavzusidagi yalpi majlisida ishtirok etdi.

Tadbirda ilm-fan, taʼlim, turizm, sanʼat va madaniyat, yosh parlament aʼzolari bilan ishlash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yalpi majlisda Oʻzbekiston delegatsiyasi yurtimizda taʼlim, madaniyat, turizm sohalariga qaratilayotgan eʼtibor, erishilayotgan yuksak natijalar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Forum ishtirokchilari fan, taʼlim, madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirish, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida oʻzaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.

Tadbir yakunida X Parlament forumining qoʻshma deklaratsiyasi qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер