Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Parlamenti Senati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha komissiyaning beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha komissiyaning 5-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Qozogʻiston Senati Raisi Maulen Ashimbayev hamda Komissiya aʼzolari ishtirok etdi.
Yigʻilish boshida Senat Raisi Tanzila Narbayeva oʻz soʻzida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, strategik sheriklikni chuqurlashtirishda parlamentlararo aloqalarning ahamiyati katta ekanini taʼkidladi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari bugungi kunda aniq amaliy natijalar bilan boyib borayotgani alohida qayd etildi.
Qozogʻiston Senati Spikeri Maulen Ashimbayev davlat rahbarlari Qasim-Jomart Tokayev va Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama hamkorlikka yuqori surʼat bagʻishlayotganini taʼkidladi. Bu jarayonda parlamentlararo hamkorlik alohida oʻrin tutadi.
Komissiya faoliyati doirasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Orol dengizi muammolarini hal etish, Orolboʻyi ekotizimini muhofaza qilish, shuningdek, ilm-fan va ekologiya sohasidagi taʼlim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qoʻshma loyihalarni yanada kengaytirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yigʻilish davomida Oʻzaro hamkorlik boʻyicha komissiyaning hamraislari – Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev va Qozogʻiston Parlamenti Senati Raisining oʻrinbosari Jakip Asanov Oʻzbekiston – Qozogʻiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, strategik sheriklikni rivojlantirishda parlamentlararo aloqalarning ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, “yashil” iqtisodiyot, energetika, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Parlamentlararo hamkorlik oliy darajada erishilgan kelishuvlarni qonunchilik jihatidan taʼminlashda va ular oʻz vaqtida ijro etilishida muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.
Yigʻilishda avvalgi Komissiya yigʻilishlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan axborot berildi.
Muhokamalar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni qayd etib, parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring