Oʻzbekiston noyabr oyida 3,6 mln dollar qiymatida yengil avtomobillar shinasini import qilgan

12:54 23 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
912 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2020-yilning 11 oyida xorijdan qiymati 58,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan yengil avtomobillar shinasini import qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 12,7 mln. AQSH dollariga kam.

Oʻzbekistonga yengil avtomobillar shinasi asosan Xitoy davlatidan (39,3 mln. AQSH dollari) olib kirilgan.

Oʻtgan 11 oy mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillar shinasini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 39,3 mln.
Chexiya – 9,4 mln.
Koreya Respublikasi – 6,4 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 1,7 mln.
Turkiya – 916,8 ming AQSH dollari

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston xorijdan joriy yilning noyabr oyida 3,6 mln. AQSH dollari qiymatida yengil avtomobillar shinasini import qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер