Oʻzbekiston Notarial palatasi va Indoneziya notariuslari Assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Oʻzbekiston Notarial palatasi hamda Indoneziya notariuslari Assotsiatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Avvalroq, Indoneziyaning Jakarta shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari boʻyicha Komissiyasi majlisi boʻlib oʻtayotgani, unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurovning komissiyaga ikki yil muddatga prezident etib saylanganligi haqida xabar bergan edik.
21-iyul kuni Oʻzbekiston Notarial palatasi va Indoneziya notariuslari Assotsiatsiyasi oʻrtasi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida hamkorlik munosabatlari mustahkamlanadi, tomonlarning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda notariat tizimlari takomillashtiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring