Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamyurtlarimizni Rossiya-Ukraina urushida qatnashmaslikka chaqirdi

18:03 23 Sentyabr 2022 Siyosat
1163 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Rossiya-Ukraina urushiga targʻibotlar ortidan terroristik tashkilotlar jihodni daʼvo qilayotganiga munosabat bildirdi.

“Ushbu urushga „jihod” nomini berish jaholatdan boshqa narsa emas», — deyiladi bayonotda. Idora bunday fitnalarga aralashish sharʼan harom ekanligini qayd etdi.

Ayrim terrorchi tashkilot vakillari paytdan foydalanib, „jihod» daʼvosi ostida turli xunrezliklarga chaqiriq bilan chiqmoqda. Aslida musulmon kishini oʻz vatanini himoya qilishdan boshqa xar qanday harbiy harakatlarda ishtirok etishi sharʼan joiz boʻlmaydi. Bu haqda mazhabimizning buyuk olimlaridan biri Imom Muhammad „As-Siyarul-kabir» kitobida aytadilar: „Musulmonlar gʻayridinlar bilan birlashib, boshqa gʻayridin jamoaga qarshi urushishi joiz emas», deganlar, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер