Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan yugurish musobaqalari oʻtkaziladi
Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz ikki yilligini munosib kutib olish hamda ushbu sanani jismoniy tarbiya va sport orqali keng nishonlash maqsadida yurtimiz boʻylab yugurish musobaqalari oʻtkaziladi.
Xususan, joriy yil 3-sentyabr kuni “Mustaqillik kuni”ga bagʻishlab “Yangi nafas” xalkaro ommaviy yugyrish musobaqalari respublikaning 16 shahrida tashkil etiladi.
Joriy yil 6-sentyabr - 29-oktyabr kunlari esa “Save Aral”, “GTL Night Run”, “EkoZaBeg” ommaviy yugyrish musobaqalari boʻlib oʻtadi. Ushbu marafonlarga Chust shahri, Andijon tumani, Bagʻdod tumani, Olmaliq shahri, Bekobod shahri, Samarqand shahri, Gʻuzor shahri (“GTL Night Rup”), Qorovulbozor tumani (“EkoZaBeg”) mezbonlik qiladi. Yugurish musobaqalariga 200 mingdan ortiq aholini jalb etish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, mazkur marafonlarda Oʻzbekistonning chet ellardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari xodimlari, vatandoshlar ham ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida mamlakatimiz istiqlolining oʻttiz ikki yillik tantanalari “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoya asosida tashkil etilishi oʻz ifodasini topgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring