Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida gʻolib boʻldi
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, joriy yilda respublika miqyosida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida Mudofaa vazirligi 96,9 ball bilan faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida oʻtkazildi. Tantanada davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli olimlar, madaniyat xodimlari ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar bugun respublikamiz boʻylab amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar koʻlami, miqyosi va erishilgan natijalarni eʼtirof etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, tanlovga maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli yoʻlga qoʻygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan 20
“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida peshqadamlik qilgan Mudofaa vazirligiga Prezident sovgʻasi — Damas rusumli avtomashina hamda 15 million soʻmlik kitoblar toʻplami topshirildi.
Sovgʻalarni mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev qabul qilib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring