Oʻzbekiston mudofaa vaziri AQSH Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondonini qabul qildi

13:49 01 Oktyabr 2023 Siyosat
555 0

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Maykl Kurillani qabul qildi.

Oʻzbekistonning koʻplab xorijiy davlatlar bilan turli sohalardagi doʻstona aloqalari yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida oʻtkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant B. Qurbonov general M. Kurillani Oʻzbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, ikki davlat oʻrtasida mudofaa sohasida oʻrnatilgan doʻstona munosabatlarning yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini taʻkidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер